iOS 26 Liquid Glass dizayni va sun’iy intellekt yangiliklari bilan taqdim etildi

10-iyun 2025 12:23 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
iOS 26
iOS 26 Liquid Glass dizayni va sun’iy intellekt yangiliklari bilan taqdim etildi / Foto: GSMArena

iOS 26 operatsion tizimining eng katta yangiligi – Liquid Glass deb nomlangan yangi dizayn uslubi bo‘ldi. Bu dizayn visionOS’dan ilhomlangan bo‘lib, foydalanuvchi interfeysi kristallga o‘xshash ko‘rinish va jonli teginish effektiga ega. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Yangi Lock screen (qulf ekrani) endi suratlaringizga va bildirishnoma soniga moslasha oladi. Unda 3D effektli fon rasmlari ham qo‘llanilgan. Bu funksiyalar Nintendo 3DS uslubini eslatadi.

Kamera ilovasi ham to‘liq yangilanib, Liquid Glass uslubida ishlangan. Barcha surat va video sozlamalari bitta joyda jamlangan. Interfeys yumaloq shaklda va sozlamalar oson surish orqali ochiladi.

Foto: GSMArena

«Photos» ilovasida «Kutubxona» va «To‘plamlar» bo‘limlari qo‘shilgan. Oddiy 2D suratlarni 3D ko‘rinishga o‘tkazish mumkin.

Safari brauzerida esa yangi ixcham va moslanuvchan tab paneli paydo bo‘ldi. U sahifaga moslashadi va ko‘rish maydonini kengaytiradi.

FaceTime endi shaxsiylashtirilgan sahifa, kontakt posteri va video xabarlarga ega. Telefon ilovasi esa yangi «Sevimlilar» bo‘limi, ovozli pochta va xabarlar bilan boyitildi. Voicemail (ovozli xabar) qisqacha matnga aylantiriladi.

Foto: GSMArena

Spam qo‘ng‘iroqlarga qarshi Call Screening funksiyasi ham qo‘shilgan. Notanish raqamlar sizga faqat ularning kimligi va qo‘ng‘iroq sababi aniqlangach chalinadi.

Hold Assist esa kompaniyalarga qo‘ng‘iroq qilganingizda navbatingizni ushlab turadi va sizga operator javob berganini bildiradi.

Xabarlar ilovasida yangi fonlar, jumladan sun’iy intellekt bilan yaratilganlari, guruh chatlarida so‘rovnomalar, Apple Cash va yozishmalarni ko‘rish imkoniyati mavjud. Telefon ilovasidagi spamni aniqlash tizimi ham shu yerga qo‘shilgan.

Foto: GSMArena

Live Translation (jonli tarjima) ilovasi ham yangilangan. U endi Telefon, FaceTime va Xabarlar ilovalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydi. Qo‘ng‘iroq vaqtida real vaqtda tarjima va FaceTime orqali yozuvli tarjima ko‘rsatish mumkin.

CarPlay ham Liquid Glass dizayni bilan yangilandi. Unda yorug‘ va qorong‘i rejimlar, ixcham bildirishnomalar, vidjetlar va Live Activities mavjud. iPhone uchun tayyorlangan vidjetlar CarPlay’da ham ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Apple 2026-yilda aqlli ko‘zoynak chiqarishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek