iPhone 16e smartfonining ustunligi va kamchiliklari nimalardan iborat

10-iyun 2025 12:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
iPhone 16e smartfonining ustunligi va kamchiliklari nimalardan iborat / Foto: Notebookcheck.ru

Apple’ning eng arzon smartfoni – iPhone 16e dastlab ko‘p tanqid qilingan edi. Biroq hozirda ko‘pchilik bu modelga ijobiy qaray boshladi. Smartfonning imkoniyatlari va kamchiligi haqida «Palach» nashrida maqola e’lon qildi.

Telefonning asosiy yutug‘i – yaxshi batareya quvvati. Uni kun davomida zaryadlash shart emas. Hatto 9-10 soat ekrani yoqilgan holatda ham qurilma o‘chmaydi.

Foto: «Palach»

Yana bir afzalligi – C1 modemi tufayli kuchliroq tarmoq qabul qilishi. Biroq muallif T-Mobile operatorida signal yo‘qolganda uni qayta topish sekin kechganini aytdi. Beeline simkarta esa bunday muammo bermagan.

iPhone 16e dizayni ham ijobiy baholandi. U boshqalardan ajralib turadi va jozibador ko‘rinishga ega.

Foto: «Palach»

Kamchiliklarga kelsak, telefon faqat bitta kameraga ega. Kunduzgi suratlar yaxshi, ammo tungi rejim flagmanlardan ancha past. Unda ultrakeng va telefoto kameralar yo‘q, lekin ular faqat kam hollarda kerak bo‘ladi.

Shuningdek, ekran yangilanish tezligi 120 Gts emas – 60 Gts. Bu ko‘pchilik uchun muhim bo‘lmasligi mumkin. Ekran sifati esa yaxshi: yorqin, tiniq va keng ko‘rish burchaklariga ega.

Foto: Tom’s Guidi

Unda Dynamic Island yo‘q, bu esa ba’zi funksiyalardan foydalanishni noqulaylashtiradi. Eng asosiy kamchilik – MagSafe texnologiyasining yo‘qligi. Bunday gadjetlarga o‘rganib qolganlar uchun bu sezilarli minus.

Umuman olganda, kamchiliklar ko‘p bo‘lsa-da, ekspert iPhone 16e’ni oddiy foydalanuvchi uchun yaxshi tanlov deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri iOS 26 Liquid Glass dizayni va sun’iy intellekt yangiliklari bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek