Ishdan tashqari qo‘shimcha mehnat qilganlarga ikki baravar ko‘proq haq to‘lanadi

eʼlon qilindi
Loyiha deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda ma’qullandi
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash va uning davomiyligini soddalashtirildi. Foto: Elnur_ / depositphotos.com

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash va uning davomiyligini soddalashtirishga qaratilgan yangi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda ish beruvchi qo‘shimcha ish uchun quyidagicha haq to‘lashi shart bo‘ladi:

  • Birinchi 2 soat uchun — kamida 1,5 barobar to‘lanadi.
  • 2 soatdan ortiq ishlagan bo‘lsa — qolgan soatlar uchun kamida 2 barobar to‘lanadi.
  • Agar ish og‘ir yoki noqulay sharoitda bajarilsa — har bir soat uchun kamida 2 barobar haq to‘lanadi.

Shu bilan birga, qonun loyihasiga ko‘ra qo‘shimcha ish ketma-ket 2 kun davomida 4 soatdan oshmasligi kerak. Og‘ir yoki noqulay sharoitda bo‘lsa — kunlik chegara 2 soat bilan chegaralanadi.

Loyiha deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda ma’qullandi va endi keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshishi haqida yozgandi.

Shuningdek