
Astroscale kompaniyasi ELSA-M nomli sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli loyihalashtirib, orbitaviy sinovlar uchun tayyor holga keltirdi. Bu haqda Satelliteprome nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur qurilma 2026-yilda uchirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u xizmat muddati tugagan sun’iy yo‘ldoshlarni ushlab, orbitadan xavfsiz olib tashlashni maqsad qiladi.
ELSA-M loyihasi Yevropa kosmik agentligi, Eutelsat va Britaniya kosmik agentligi ko‘magida amalga oshirilmoqda. U ilg‘or yaqinlashish va ulanib ishlash (RPO) texnologiyalarini namoyish etadi. Missiya kosmik chiqindilar muammosiga barqaror yechim topishga qaratilgan bo‘lib, kelajakdagi xavfsiz kosmik faoliyat uchun muhim ahamiyatga ega.
Bu missiya, shuningdek, 2021-yilda o‘tkazilgan ELSA-d sinovlarining davomidir va Astroscale kompaniyasining orbitada xizmat ko‘rsatish sohasidagi liderligidan dalolat beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshini qachon uchirishi ma’lum qilingan edi.