Los-Anjelesdagi namoyishchilar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q – TIV
eʼlon qilindi
Vazirlik fuqarolarni bunday tartibsizliklarda ishtirok etmaslikka chaqirdi

AQShning Los-Anjeles shtatida bo‘lib o‘tayotgan namoyishlar yuzasidan hozirgacha O‘zbekiston fuqarolarining ishtiroki to‘g‘risida rasmiy ma’lumot kelib tushmagan. Bu haqda O‘zR Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik AQShdagi yurtdoshlarimizni mamlakat qonunlariga rioya qilishga va ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etmaslikka chaqiradi.
O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishda davom etishi bildirildi. Zarurat bo‘lsa, fuqarolarimiz elchixona yoki bosh konsulxonaga murojaat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Milliy gvardiyani Los-Anjelesga joylashtirishni buyurgan edi.