Misrdan O‘zbekistonga $114,8 ming qiymatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bu yil boshidan buyon ko‘rsatilgan ikkinchi yordam hisoblanadi

Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan «S» gepatitiga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi Toshkentga yetkazildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Joriy yilda bu ikkinchi partiya bo‘lib, $114,8 ming qiymatidagi 7440 dona «Sofosbuvir-400mg» dori vositasi 7-iyun kuni Sharm ash-Shayxdan olib kelindi.
Dori vositalari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti orqali bemorlarga yetkaziladi. So‘nggi ikki yilda Misr O‘zbekistonga umumiy qiymati $1,4 mln bo‘lgan 12,4 tonna dori vositasini beg‘araz yordam tariqasida taqdim etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimining yangi modeli joriy etilishi haqida xabar bergan edik.