MobiUz’ni xususiylashtirish boshlandi

eʼlon qilindi
Arizalar 1-avgust kuni soat 18:00 gacha qabul qilinadi
MobiUz’ni xususiylashtirish boshlandi. Foto: MobiUz

Universal Mobile Systems MChJ (savdo belgisi – MobiUz) ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro ochiq savdo jarayoni boshlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qildi.

Jarayon bo‘yicha Rothschild & Co – yetakchi strategik va moliyaviy konsultant, KPMG – moliyaviy va Deloitte – mustaqil baholovchi va kompleks ekspertiza o‘tkazuvchi konsultant sifatida mas’ul qilingan.

Savdo ochiq va xalqaro darajada tashkil etiladi. Ishtirok etish uch bosqichda amalga oshirilib, birinchisi EOI – qiziqish bildirish, ikkinchisi NBO – majburiyatsiz takliflar va uchinchisi BO – majburiyatga ega takliflardan iborat.

Qiziqish bildiruvchi talabgorlar o‘zi haqida qisqacha ma’lumot (ro‘yxatdan o‘tganligi va faoliyat turi), 5 foizdan ortiq ulushga ega aksiyadorlari va yakuniy benefitsiarlar haqida, so‘nggi 3 yillik moliyaviy hisobotlarini taqdim etishi kerak.

Arizalarni uch tilda(o‘zbek, rus va ingliz) shu yilning 1-avgust kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti)gacha oleg.pushkarev@rothschildandco.com, fara.babaev@rothschildandco.com, ssandykbayeva@kpmg.com manzillarga yuborish talab etiladi.

Saralash mezonlari orasida moliyaviy resurslar yetarliligi, sud yoki tahdid yo‘qligi, sanksiyalarga aloqadorlik bo‘lmasligi va davlat kompaniyasi bo‘lmaslik talablari mavjud.

Ma’lumot uchun, MobiUz yirik mobil operator bo‘lib, 4G LTE, UMTS, GSM tarmoqlarida xizmat ko‘rsatadi. 2024-yil yakuniga ko‘ra kompaniyaning sof tushumi 2, 086 mlrd so‘m va abonentlar soni 7,8 mln kishini tashkil qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Avtooyna» MCHJ ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha 200,5 mlrd so‘mlik bitim imzolangani haqida yozgandi.

Shuningdek