OpenAI’ning yillik daromadi 10 milliard dollarga yetdi

OpenAI kompaniyasi yillik takrorlanuvchi daromad (YTD) $10 mlrdga yetganini e’lon qildi. Bu ko‘rsatkich ChatGPT ishga tushirilganidan atigi uch yil o‘tib qayd etildi. 2024-yil dekabrida kompaniya YTD $5,5 mlrd ekanini ma’lum qilgandi.
Kompaniya 2029-yilga borib yillik daromadini $125 mlrdga yetkazishni maqsad qilgan. Shu yilning mart oyi holatiga ko‘ra ChatGPT’ning haftalik aktiv foydalanuvchilari 500 mlnni, pullik biznes foydalanuvchilari 3 mlnni tashkil etgan.
Shuningdek, kompaniya Connectors — ChatGPT-ni korporativ ilovalarga ulash, Record Mode — uchrashuvlarni transkriptsiya qilish, xulosa tuzish va yozuvlarni izlash kabi yangi funksiyalarni ishga tushirdi.
OpenAI shuningdek Apple sobiq dizayneri Joni Ayv bilan hamkorlikda yangi AI-ushbu qurilmalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ChatGPT’ning «premium» funksiyalaridan biri endi bepul bo‘lishi haqida yozgandi.