O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilning 1-yarim yilligida 6,7% ga o‘sishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston YaIM 6,8% ga o‘sgan
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilning 1-yarim yilligida 6,7% ga o‘sishi kutilmoqda / Foto: Depositphotos

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025-yilning 1-yarim yilligi yakunida YaIM o‘sishini 6,7% atrofida bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Prognoz keng ma’lumotlar bazasi, dolzarb iqtisodiy tendensiyalar va asosiy tarmoqlar bo‘yicha tezkor indikatorlarga asoslangan.

Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston YaIM 6,8% ga o‘sgan. Xizmatlar sohasi, sanoat va qurilish tarmoqlari asosiy o‘sish omillari bo‘lgan. Masalan, xizmatlar 12,6%, qurilish ishlari 10,8%, chakana savdo 9,5% va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6,5% ga oshgan. Aholining umumiy daromadlari ham 9,8% ga o‘sgan.

Yanvar-aprel oylarida tashqi savdo hajmi $24,6 mlrdga yetib, 16,3% ga oshgan. Eksport $11,9 mlrdni 35,1% ga ko‘paygan. Import esa 2,9% ga oshgan. Savdo balansidagi manfiy farq $846 mlnga tushgan (o‘tgan yili $3,6 mlrd).

Shuningdek, aprel oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi 1099 birlikni tashkil etib, mart oyiga nisbatan 9,9% va o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 22,3% ga oshgan. Markaz prognoziga ko‘ra, 1-yarim yillikda iqtisodiy o‘sish 6,5%–6,8% oralig‘ida bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 6,5 foizga o‘sgani haqida yozgan edi.

Shuningdek