
2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichining 10-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi uchun chiptalar to‘liq sotildi. Bu haqda iticket.uz ma’lum qildi.
Uchrashuv chiptalarining kassadagi narxlari quyidagicha edi:
- 1-qavatdagi yon tomon sektorlari – 300 ming so‘m,
- 1-qavatdagi markaziy sektorlar – 500 ming so‘m,
- 2-qavat markaziy sektorlari – 100 ming so‘m,
- 2-qavat yon tomonlari – 75 ming so‘m.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ushbu o‘yinga kirish uch soat oldin boshlanishi haqida xabar bergan edi.