O‘zbekiston – Qatar o‘yini uchun soxta chiptalar sotilmoqda

eʼlon qilindi
soxta chiptalar
O‘zbekiston – Qatar o‘yini uchun soxta chiptalar sotilmoqda / Foto: Sora sun’iy intellekti yotdamida yaratilgan

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichining 10-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi uchun soxta chiptalar sotilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston futbol terma jamoasi fan klub rahbari Abdurahmon Fozilov o‘z instagram sahifasida ma’lum qildi.

«Soxta chipta sotilmoqda. Azizlar, iltimos, olib sotarlardan bilet xarid qilmang. Haqiqiy biletda yorqin ranglar bor. Soxtalarida esa rangi biroz farq qiladi»— deydi Abdurahmon Fozilov.

Uchrashuv chiptalarining kassadagi narxlari quyidagicha edi:

  • 1-qavatdagi yon tomon sektorlari – 300 ming so‘m,
  • 1-qavatdagi markaziy sektorlar – 500 ming so‘m,
  • 2-qavat markaziy sektorlari – 100 ming so‘m,
  • 2-qavat yon tomonlari – 75 ming so‘m.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ushbu o‘yinga kirish uch soat oldin boshlanishi haqida xabar bergan edi. 

Shuningdek