
Bugun, 10-iyun kuni O‘zbekiston Qatar ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoamiz guruhda 21 ochko bilan peshqadamga aylandi.
O‘yin tafsilotlari bilan quyidagi maqolada tanishing.
Asosiy tarkib:
O‘zbekiston | Qatar |
---|---|
1. O‘tkir Yusupov | 21. Saloh Zakariya |
2. Abduqodir Husanov | 3. Abdallah Sirelkhatim |
3. Hojiakbar Alijonov | 4. Ahmad Suhayl |
6. Akmal Mozgovoy | 6. Abdil Aziz Hatim |
9. Odiljon Hamrobekov | 7. Ahmad Alganehi |
10. Jaloliddin Masharipov | 8. Mustafo Toriq |
13. Sherzod Nasrullaev | 10. Akrom Afif |
14. Eldor Shomurodov | 13. Amro Surag |
19. Azizbek Turg‘unboev | 14. Humam Ahmad |
22. Abbos Fayzullaev | 15. Bassam Husham |
23. Husniddin Aliqulov | 23. Assim Madibo |



O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar bilan o‘yinda birinchi bo‘limda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Stadion jo‘shq‘in muhitda, jamoamiz esa hujumkor ruhda maydonda!
O‘yinning ilk daqiqalarida jamoamiz to‘pni nazorat qilib, qanotlar orqali hujum qildi. Tomoshabinlar har bir harakatni qizg‘in qo‘llab-quvvatladi. 9-daqiqada Qatar xavfli hujum uyushtirdi, lekin himoyamiz vaziyatni bartaraf qildi.


12-daqiqada Husniddin Aliqulov burchak zarbasidan so‘ng bosh bilan urdi, ammo to‘p nishonga tegmadi. 28-daqiqada Azizbek Turg‘unboev o‘ng qanotdan yorib o‘tib, ajoyib gol urdi! Shomurodovning birinchi bo‘lim o‘rtalarida yo‘llagan zarbasi darvozabondan qaytdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi jamoamiz foydasiga 1:0 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim terma jamoamizning ustunligi bilan boshlandi.
Ikkinchi bo‘lim boshidan boshlab mehmonlar safida bir nechta o‘zgarishlar amalga oshirildi. 46-daqiqada Abdulaziz Khatim o‘rniga Muhammad Naseur maydonga tushirildi. 57-daqiqada esa Qatar yana ikkita o‘yinchini almashtirdi: Amro Surag va Ahmad Al-Ganihi o‘rniga Muhammad Muntari hamda Edmilson Junior o‘yinga qo‘shildi.


62-daqiqada O‘zbekiston safida ham birinchi o‘zgarish amalga oshdi – Azizbek Turg‘unboev o‘rniga Jamshid Iskanderov maydonga tushdi. Shundan keyin jamoamiz bosimni oshirdi. Hojiakbar Alijonov tomonidan yo‘llangan zarba raqib himoyachilariga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirdi.


65-daqiqaga kelib vakillarimiz ustunlikni yanada kuchaytirdi. Biroq hujumlarni aniq zarbalar bilan yakunlashda hali ham muammolar ko‘zga tashlanmoqda.
67-daqiqada qatarlik Akram Afif va Muhammad Muntari hakam qaroriga norozilik bildirgani uchun sariq kartochka oldi. 70-daqiqada Afif maydonni tark etdi, uning o‘rniga Abdulrahman Fahmi o‘yinni davom ettirdi.


72-daqiqada Ahmad Humam ogohlantirildi va sariq kartochka oldi. 76-daqiqaga kelib u ham maydonni tark etdi – uning o‘rniga Ismail Muhammad maydonga tushdi. 77-daqiqada ustunlik to‘liq O‘zbekiston jamoasi tomonida edi. Ammo vaziyatlarni gol bilan yakunlashda biroz aniqroq harakatlar yetishmayotgani sezildi.
86-daqiqada jamoamiz sardori Eldor Shomurodov raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Hisob 2:0 ko‘rinishiga keldi.
Hakam tomonidan uchrashuvga yetti daqiqa qo‘shib berildi. Igor Sergiyev uchrashuvning 92-daqiqasida hisobni 3:0 ga olib chiqdi.
G‘alaba muborak!
Avvalroq, O‘zbekiston – Qatar o‘yini uchun soxta chiptalar sotilayotgani haqida yozgan edi.