O‘zbekistonning meva eksporti o‘sishiga chegaradagi kechikishlar to‘siq bo‘lmoqda

eʼlon qilindi
Kutish muddati esa uch kungacha davom etmoqda
O‘zbekistonning meva eksporti o‘sishiga chegaradagi kechikishlar to‘siq bo‘lmoqda / Foto: EastFruit

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi nazorat punktlarida yuk mashinalari bir necha kilometrga cho‘zilgan navbatda turibdi. Kutish muddati esa uch kungacha davom etmoqda, deb xabar bermoqda Eastfruit.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning aprel oyida Yevropaning bir qator mamlakatlarida – Polsha, Ukraina, Turkiya, Moldova va boshqalarda sovuq ob-havo meva yetishtirishga jiddiy zarar yetkazgan. Shuningdek, Moldova, Vengriya, Bolgariya va Ruminiya ham danakli mevalar va rezavorlar yetishtirishda katta yo‘qotishlar haqida xabar bergan.

Bu fon ostida O‘zbekiston mavsum boshidagi mevalarning barqaror yetkazib beruvchilaridan biri sifatida ajralib turibdi, chunki bu yerda hosil sovuqdan zarar ko‘rmagan.

Biroq eksport hajmining keskin oshishi mamlakatning logistika infratuzilmasida mavjud muammolarni yuzaga chiqardi. Chegara punktlari bu kabi katta yuk hajmini ko‘tara olmayapti, hujjatlarni qayta ishlashda raqamlashtirishning yo‘qligi esa chegarada tirbandliklarni keltirib chiqarmoqda.

Mevalar tez buziluvchan mahsulot bo‘lgani bois, chegaradagi infratuzilmani kengaytirish va zamonaviylashtirish strategik jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan eksport bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berish uchun Telegram bot ishga tushgani haqida xabar bergandi.

Shuningdek