Xakerlar Paragvay prezidentining akkauntiga bitkoin haqida soxta xabar joylashtirdi

eʼlon qilindi
Soxta xabar hali-hanuz tarmoqda mavjud
Xakerlar Paragvay prezidentining akkauntiga bitkoin haqida soxta xabar joylashtirdi / Foto: BBC

Paragvay prezidenti Santyago Penaning X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkaunti noma’lum shaxslar tomonidan buzib kirildi. Bu haqda RBK Kripto nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, xakerlar prezident nomidan mamlakatda bitkoin rasmiy to‘lov vositasi sifatida tan olingani haqida soxta xabar joylashtirdi.

Foto: Paragvay prezidentining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida

Postda, shuningdek, foydalanuvchilar investitsiyasi va bitkoin manzili haqida ham yolg‘on ma’lumotlar berilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur manzilga hech qanday pul kelib tushmagan.

Prezident ma’muriyati va Paragvay hukumati akkaunt buzilganini rasman tasdiqladi. Hozirda soxta xabar tarmoqda hali ham mavjud bo‘lib, mutasaddilar hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq firibgarlar mashhur shaxslarning soxta tasvirlaridan foydalanib koʻpchilikni chuv tushirgan edi.

Shuningdek