Sadir Japarov Qirg‘iziston saylov qonunchiligiga bir qator o‘zgartishlar kiritdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Prezident va Jogorku Keneş deputatlarini saylash to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunga o‘zgartishlar kiritish haqidagi hujjatni imzoladi. Qonun 2025-yil 30-aprelda Jogorku Keneş tomonidan qabul qilingan.
Yangi tartibga ko‘ra, Jogorku Keneş deputatlari 30 ta ko‘p mandatli saylov okruglaridan saylanadi, har bir okrugdan 3 nafardan nomzod saylanadi. Shuningdek, masofaviy elektron ovoz berish imkoniyati joriy etiladi.
Nomzodlar siyosiy partiyalar yoki o‘zini o‘zi ilgari surish yo‘li bilan saylovda ishtirok etishi mumkin. Bo‘shab qolgan o‘rinlar bo‘yicha qo‘shimcha saylovlar o‘tkazilmaydi. Qonun saylov tizimini takomillashtirish va siyosiy korrupsiyani oldini olishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Japarov Markaziy Osiyoda vizasiz rejim joriy etishni taklif qilgan edi.