Samsung Galaxy S26 Ultra qanday akkumulyator bilan chiqishi ma’lum qilindi

10-iyun 2025 09:34 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 Ultra qanday akkumulyator bilan chiqishi ma’lum qilindi / Foto: Mezha.media

Samsung hali Galaxy S26 Ultra smartfoni uchun aniq qanday akkumulyator ishlatishini tanlagani yo‘q. Ammo bu kremniy-uglerodli batareya bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda WCCF Tech xabar bermoqda.

Kompaniya, odatdagidek, buni optimizatsiya va sun’iy intellekt bilan asoslashi mumkin.

Foto: WCCF Tech

Yangi modelda akkumulyator sig‘imi hozirgi flagmandan biroz katta bo‘lishi mumkin. Ammo u 5400 mA/soatdan kam bo‘ladi. Zaryadlash tezligi esa 65 vattdan past bo‘lishi aytilmoqda. Balki 45 vattdan 50–55 vattgacha oshirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S25 Edge qanday turdagi batareya bilan jihozlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek