Sanepidqo‘mita Xitoyda yangi virus tarqalayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu patogen haqida faqat Xitoyning «sariq matbuoti» yozmoqda
Xitoyda yangi virus tarqalayotgani haqidagi xabarlar rad etildi. Foto: utah778 / depositphotos.com

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi o‘zbekistonliklarga Xitoyda HKU5-CoV-2 koronavirusi tarqalayotgani haqida tarqalgan xabarlarga ishonmaslikni tavsiya etdi.

Qo‘mita matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, inson uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu patogen haqida faqat Xitoyning «sariq matbuoti» yozmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va rasmiy manbalar yangi virus bilan kasallanish holatlari haqida hech qanday tasdiqlangan ma’lumot bermagan.

O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorligicha qolmoqda. Qo‘mita ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on xabarlar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatdi.

Bu mish-mishlarning tarqalishiga sabab bo‘lgan holat – Nature Communications ilmiy jurnalida chop etilgan maqola bo‘ldi. Unda olimlar HKU5-CoV-2 virusi ko‘rshapalaklar orasida aniqlanganini bayon qilgan.

Tadqiqotchilar bu virus odamlar uchun xavfli bo‘lgan Yaqin Sharq respirator sindromining qo‘zg‘atuvchisiga o‘xshashligini qayd etgan. Ammo hozircha ushbu virus odamga yuqmaydi, faqat mutatsiyaga uchrasa xavf tug‘dirishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida yana bir infeksiya to‘lqini boshlanganidan darak beruvchi COVID-19 holatlarining yangi ko‘payishi haqida yozgandi.

Shuningdek