Slovakiya bosh vaziri Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan BYD’ni sinab koʻrdi

10-iyun 2025 14:39 eʼlon qilindi

(11-iyun 2025 03:31 yangilandi)
Vadim Yerzikov

Vadim Yerzikov

Bosh muharrir o‘rinbosari v.erzikov@kursiv.media
Foto: Kursiv Uzbekistan

Bugun, 10-iyun kuni poytaxtda o‘tkazilayotgan IV Toshkent Xalqaro investitsion forumi doirasida Slovakiya bosh vaziri  Robert Fitso O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan BYD Song Plus DM-i Champion modelini sinab ko‘rdi. Bu haqda «Kursiv» muxbiri xabar bermoqda.

Slovakiya bosh vaziriga O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev hamrohlik qildi. Kompaniya mas’ullari ushbu model narxi 409,7 million so‘m ekanini ma’lum qildi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi qo‘shma deklaratsiyani imzolagani haqida yozgandi.

Shuningdek