Ukrainada bo‘lib o‘tayotgan vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal etish zarur – Mirziyoyev

eʼlon qilindi ( yangilandi)
G‘azodagi holatga ham alohida to‘xtalib o‘tdi
Foto: TIIF

Toshkent xalqaro investitsiya forumida so‘zga chiqqan prezident Shavkat Mirziyoyev Ukrainadagi holatni tinch yo‘l bilan hal etish lozimligini bildirdi.

«Biz Ukrainadagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal etish zarur deb hisoblaymiz. Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni olqishlaymiz», – deydi prezident.

Bundan tashqari, mamlakat rahbari G‘azodagi holatga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

«Ko‘pdan buyon cho‘zilayotgan G‘azo fojiasiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. XXI asrda ko‘z o‘ngimizda ko‘plab begunoh insonlarni halok bo‘layotgani hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi. Bu muammoning yagona yechimi nizoni xalqaro huquq me’yorlari va qabul qilingan rezolyutsiyalar asosida qabul qilishdir», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, davlat rahbari Falastin xalqi o‘z davlatiga ega bo‘lishga haqli ekanini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bolgariyada O‘zbekiston Migratsiya agentligining vakolatxonasi ochilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek