
Xpeng kompaniyasi yangi Xpeng G7 rusumli SUV avtomobilini chorshanba kuni taqdim etadi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
U sun’iy intellektga ega bo‘lgan birinchi «AI mashina» bo‘lishi kutilmoqda. G7 modeli L3 darajadagi hisoblash quvvatiga ega bo‘ladi.

Mashina 4892 mm uzunlik, 1925 mm kenglik va 1655 mm balandlikka ega. G7’ning g‘ildiraklar bazasi 2890 mmni tashkil qiladi. Modelning dizayni zamonaviy va oilaviy foydalanishga mos: yuqori yurgan joyi, qora korpus qoplamasi va katta orqa spoileri bor.
Modelda qora tashqi oynalar, yashirin eshik tutqichlari va orqa oynalar uchun maxfiylik oynalari bor. Shuningdek, keng panoramali tom oynasi ham mavjud. Ichki ko‘rinishi minimalist uslubda bo‘lib, hatto asboblar paneli ham yo‘q.

Asosiy yangiliklardan biri – Huawei bilan birgalikda yaratilgan «Chasing Light Panorama AR-HUD» tizimi. U real ko‘rinishga raqamli navigatsiyani qo‘shadi va haydovchiga yo‘lda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
AR-HUD tizimi 87 dyuymli aks ettirish maydoniga ega. U 8 ta haydash holatida, jumladan, asosiy yo‘llar, burilishlar va chorrahalarda ishlaydi. Tizim yorug‘ligi 12 ming nitdan ortiq, rang aniqligi yuqori va xavfsizlik ogohlantirishlari, harakatga yordam funksiyalari bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Shu yilning 31-may va 1-iyun kunlari Qozog‘istonning Olmaota viloyatida joylashgan Sokol sport majmuasida Asia Auto Gymkhana Championship musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tgani haqida yozgan edi.
Unda Chevrolet Cobalt avtomobillari ham ishtirok etgan edi.