Yandex harakatni aniqlab ogohlantiruvchi yangi IP-kamerasini taqdim etdi

eʼlon qilindi
Narxi $64 atrofida
Yandex harakatni aniqlab ogohlantiruvchi yangi IP-kamerasini taqdim etdi / Foto: Yandex

Yandex aqlli uy tizimi uchun yangi qurilma – IP-videokamera sotuvini boshladi. Kamera real vaqt rejimida video va ovozni uzatadi, harakat yoki insonni aniqlasa, ogohlantiradi.

Kamera 2K QHD yuqori sifatida tasvirga oladi, 103° ko‘rish burchagiga ega va 350° ga aylana oladi. Tungi rejim bilan jihozlangan. U «Alisa» yordamchisi orqali aqlli uy ssenariylarida ishlaydi. Masalan, «Alisa, biz ketdik» deganda konditsioner o‘chadi, kamera esa avtomatik ishga tushadi. Tasvirlar SD-kartaga yoki bulutli saqlovga yozib olinadi.

Narxi 5000 rublni ($64 atrofida) tashkil qiladi. Bulutli saqlash uchun obunalar mavjud: «Standart» (7 kunlik saqlash, 299 rubl/oy) va «Ekstra» (30 kun, surat yuborish funksiyasi, 699 rubl/oy). Obunani bepul sinab ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iOS 26 Liquid Glass dizayni va sun’iy intellekt yangiliklari bilan taqdim etilgan edi.

Shuningdek