
Google kompaniyasi 2025-yil 10-iyun kuni o‘zining Android 16 tizimini ommaga taqdim etdi. Bu haqda Andoid Authority nashri ma’lum qildi.
Dastlab Pixel 6 va undan keyingi modellar uchun mavjud. Bu yangilanish Android tizimining evolyutsiyasida yangi bosqichdir. Foydalanuvchi tajribasini yanada barqaror, xavfsiz va moslashuvchan qilishga qaratilgan.
Android 16 tashqi ko‘rinishda katta o‘zgarishlar bilan ajralib turmaydi. Lekin ichki imkoniyatlari va tizim infratuzilmasida sezilarli yangilanishlar bor. Bu versiya, asosan, ishlab chiquvchilar va ilovalar uchun muhim bo‘lgan Live Updates (Jonli yangilanishlar), App Functions API va Edge-to-Edge interfeys elementlarini o‘z ichiga olgan.

Muhim yangiliklar:
Jonli yangilanishlar (Live Updates) — bu iOS’dagi Live Activities’ga o‘xshashdir. Masalan, Uber haydovchisining qayerdaligini yoki oziq-ovqat buyurtmasining holatini real vaqt rejimida ekranda ko‘rsatishga imkon beradi.
App Functions API — bu imkoniyat yordamida dasturchilar o‘z ilovalari funksiyalarini Gemini yordamchisi orqali boshqarish imkoniyatini ochadi. Masalan, ovozli yordamchi orqali restoranlarga buyurtma berish yoki musiqani almashtirish mumkin bo‘ladi.
Barqarorlik va xavfsizlik — Android 16 foydalanuvchi ma’lumotlarini himoyalash, zararli ilovalarning kirishini cheklash va tizim ishlashini soddalashtirishga katta e’tibor qaratadi.
Edge-to-Edge dizayni — yangi tizimda barcha ilovalar to‘liq ekran bo‘ylab ishlashi talab etiladi. Bu interfeysni zamonaviy va bir xil ko‘rinishda bo‘lishiga xizmat qiladi.
Moslashuvchanlik — yangi tizimda yangi turdagi ekranlar (masalan, bukiladigan ekranlar) va foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashadigan ilova interfeyslari bilan yanada yaqinroq integratsiyalashgan.



Foto: Mishaal Rahman / Android Authority
Nima uchun Android 16 muhim
Vizual o‘zgarishlar minimal. Yangi tizim Android ekotizimini yanada yaxlit, xavfsiz va rivojlanishga ochiq qilish yo‘lida muhim qadamdir. Google operatsion tizimni yozda taqdim qiladi. Bu orqali ishlab chiqaruvchilarga va foydalanuvchilarga yangi qurilmalarni bir vaqtning o‘zida eng yangi versiyada foydalanish imkonini bermoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Android 16 bilan ta’minlanmaydigan smartfonlar ro‘yxati e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.