Endi vidjetlarni devorga ilib qo‘yishingiz mumkin

11-iyun 2025 10:23 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Apple Vision Pro
Endi vidjetlarni devorga ilib qo‘yishingiz mumkin / Foto: Apple

Apple o‘zining Apple Vision Pro foydalanuvchilari uchun visionOS 26 yangilanishini taqdim etdi. Bu haqda Mobil-review nashri ma’lum qildi.

Endilikda «Soat», «Ob-havo», «Musiqa» va «Suratlar» vidjetlarini foydalanuvchi o‘z xonasining istalgan devoriga joylashtirishi mumkin.

Bu vidjetlar har safar foydalanuvchi garniturasini taqqanida avtomatik tarzda paydo bo‘ladi, xuddi xona dizaynining bir qismiga aylangandek. Bundan tashqari, foydalanuvchilar vidjetlarning ramka kengligi, chuqurligi va ranglarini sozlashi mumkin, bu esa ularni butunlay shaxsiylashtirish imkonini beradi.

VisionOS 26 versiyasi orqali:

  • Fazoviy kontentni boshqa Apple Vision Pro foydalanuvchilari bilan bir xonada baham ko‘rish mumkin. Bu esa 3D filmlar ko‘rish, fazoviy o‘yinlar o‘ynash yoki virtual yig‘ilishlar o‘tkazish imkonini yaratadi.
  • FaceTime orqali uzoqdagi tanishlar bilan fazoviy muhitda suhbatlashish ham joriy etilgan.
  • Safari endi maqolalarni fazoviy formatga o‘tkazib, chalg‘ituvchi omillarni yashiradi va varaqlash paytida jonlanadigan tasvirlar taqdim etadi.

Texnik jihatdan yangiliklar ham e’tiborga molik:

  • visionOS 26 endi Insta360, GoPro va Canon tomonidan ishlab chiqarilgan 180° va 360° video formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
  • PlayStation VR2 Sense kontrollerlarini ham rasmiy ravishda qo‘llab-quvvatlay boshladi.
  • Apple Vision Pro foydalanuvchi harakatlarini va barmoqlar harakatini kuzatishda yanada aniqlik kiritdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iPhone 16e smartfonining ustunligi va kamchiliklari nimalardan iboratligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek