
Yaxshi telefon olish uchun endi katta pul shart emas. «Palach» maqolasida 3 ta arzon, lekin ishonchli modelni tanlandi. Ular tez ishlaydi, yaxshi kamera va kuchli batareyaga ega.
Oppo A5 Pro

Oppo A5 Pro kuchli himoyasi bilan ajralib turadi. U IP69 va MIL-STD-810H standartlariga ega — suvdan va zarbadan qo‘rqmaydi. Ekrani 6,67 dyuymli IPS, HD aniqlikda va 120 Gts yangilanish tezligida. Yorqinligi 1000 nit, ya’ni quyoshda ham ko‘rish qulay. Dimensity 6300 chipi tufayli telefon tez va barqaror ishlaydi.
Bu telefonning eng katta qulayligi – batareya. U 5800 mA/soat hajmga ega va 45 Vt quvvatda zaryadlanadi. 0 dan 50% gacha 35 daqiqada to‘ladi – juda tez. Kameralari: 50 + 2 MP orqa, 8 MP old kamera. Shuningdek, unda NFC, stereodinamika va microSD slot bor.
Modelni Texnomart do‘konlaridan 3 mln 241 ming so‘mga xarid qilish mumkin. Mediapark’da esa biroz qimmatroq – 3 mln 350 ming so‘m.
Tecno Camon 30S

Bu model eng muvozanatli budjet smartfonlardan biri. 6,78 dyuymli AMOLED ekran Full HD+ sifatida va 1300 nit yorqinlikda. Ekran 120 Gts yangilanish tezligida ishlaydi — ko‘zga yoqadi. Helio G100 chipi kundalik ishlar va o‘yinlar uchun yetarli. Grafika o‘rtacha sozlamalarda barqaror ishlaydi.
Kamerasi ham byudjet toifasi uchun zo‘r. Old kamera 13 MP, orqa blok 50 + 2 MP linzalardan iborat. Asosiy kamera optik stabilizatsiyaga ega – bu katta plus. 5000 mA/soat batareyasi bor va 33 Vt zaryadlashni qo‘llaydi. Bundan tashqari, NFC, IP53 himoyasi va IR-port ham mavjud.
Smartfonni Asaxiy platformasi orqali 2 mln 880 ming so‘mga xarid qilish mumkin. Yandex market savdo platformasida esa 2 mln 630 ming so‘m etib belgilangan.
Infinix Hot 50 Pro

Bu model Infinix brendining kuchli budjet telefoni hisoblanadi. 6,78 dyuymli AMOLED ekran, 1 milliard rang va 1800 nit yorqinlikka ega. Yangilanish tezligi 120 Gts — silliq va tez ko‘rinadi. Helio G100 chipi bilan tez ishlaydi va o‘yinlar ham yaxshi ketadi. 50 + 2 MP orqa va 8 MP old kameralar asosiy vazifani bajara oladi.
Batareyasi 5000 mA/soat, 33 Vt tez zaryadlash bilan. Oddiy foydalanishda 2 kun bemalol ishlaydi. Stereodinamika, NFC, 3.5 mm minijack va microSD sloti mavjud. Shuningdek, dizayni ham zamonaviy va jozibali. Brend muxlislari uchun ayni muddao — ko‘rinishi va qulayligi zo‘r.
Qurilmani Uzum savdo platformasidan 3 mln 757 ming so‘mga, Openshop savdo tarmog‘idan esa 3 mln 730 ming so‘mga xarid qilish mumkin.
Avvalroq xarid qilish uchun eng yaxshi beshta smartfon haqida yozgan edik.