Ayol xodimlarning bola parvarishi bo‘yicha ta’til huquqlari qanday

eʼlon qilindi
Ta’til davomida xodimaning ish joyi saqlanadi
Ayol xodimlarning bola parvarishi bo‘yicha ta’til huquqlari qanday / Foto: Forbes

O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘uruq ta’tilidan so‘ng ayol xodim istagiga ko‘ra bolasi 2 yoshga to‘lguniga qadar bola parvarishi ta’tili olishi mumkin. Bu davr uchun belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi.

Shuningdek, ayolning xohishiga qarab, bolasi 3 yoshga to‘lguniga qadar ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til ham beriladi.

Bola parvarishi ta’tili davomida xodimaning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Ushbu ta’tillar umumiy mehnat stajiga, shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga eng ko‘pi bilan 6 yilgacha qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ishdan tashqari qo‘shimcha mehnat qilganlarga ikki baravar ko‘proq haq to‘lanishi haqida yozgan edik.

Shuningdek