Boeing va yirik davlatlar AQShning yangi tariflariga qarshi chiqmoqda

Boeing va yetakchi aviatsiya firmalari, shuningdek, Kanada, Xitoy, Yaponiya, Meksika, Shveysariya va Yevropa Ittifoqi AQSh prezidenti Donald Trampga murojaat qilib, xorijdan tijorat samolyotlari va ularning qismlariga yangi boj tariflari joriy etilmasligini so‘radi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Unga kora, tariflar AQSh aviatsiya sanoatining $75 mlrdlik yillik savdo ortig‘iga tahdid solishi mumkin. Boeing va boshqa kompaniyalar AQSh Savdo vazirligidan samolyot qismlariga bojxona imtiyozlarini saqlab qolishni talab qilmoqda.
Mamlakatlar yangi tariflar global yetkazib berish zanjirini buzishini ta’kidladi. Ayrim kompaniyalar bunday cheklovlar samolyot xavfsizligi va chipta narxlariga ham salbiy ta’sir qilishi mumkinligini ogohlantirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh 12 mamlakat fuqarolariga kirishni taqiqlagan edi.