
Janubiy Koreyaning mashhur K-pop guruhi BTS a’zolari Kim Namjoon (RM) va Kim Taehyung (V) 2025-yil 10-iyun kuni harbiy xizmatni tamomladi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Chuncheon shahrida bo‘lib o‘tgan marosimda ularni dunyoning turli burchaklaridan kelgan yuzlab muxlislar kutib oldi.
Guruhning boshqa a’zolari Kim Seokjin (Jin) va Jung Hoseok (J-Hope) avvalroq xizmatni o‘tagan, Park Jimin va Jeon Jungkook esa ertaga tugatishi kutilmoqda. Min Yoongi (Suga) esa xizmatni yakunlash arafasida.
BTS barcha yetti a’zosi bilan 2025-yil davomida qayta birlashishni rejalashtirmoqda. Shu tariqa guruh muxlislari orziqib kutgan yangi sahifa ochilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda koreys taomlarini qayerlarda tatib ko‘rish mumkinligi haqida batafsil yozgan edik.