Dubayda eng baland metro bekati barpo etiladi

eʼlon qilindi
Liniya 2029-yilda foydalanishga topshiriladi
Dubayda eng baland metro bekati barpo etiladi / Foto: Foto: Khaleej Times

Dubayda eng baland metro bekati «Ko‘k liniya» loyihasining kengaytirilishi natijasida barpo etiladi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar berdi.

Dubai Creek Harbour hududida joylashadigan ushbu bekat Emaar Properties nomini oladi va 74 metr balandlikda bo‘ladi. Bekat loyihasi mashhur AQSH arxitektura kompaniyasi Skidmore, Owings & Merrill tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu kompaniya ilgari Burj Xalifa binosini ham loyihalashtirgan.

Bekat «kesishuvchi darvozalar» konsepsiyasidan ilhomlangan bo‘lib, 11 ming kvadrat metr maydonni egallaydi va har kuni 160 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin. «Ko‘k liniya» Dubaydagi transport tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. U Qizil va Yashil metro yo‘nalishlari bilan uchta bekatda tutashadi.

Liniya 2029-yilda foydalanishga topshirilgach Akademik shahar, Al-Varka, Dubay Silikon vodiysi, Xalqaro shahar va Mirdif kabi muhim hududlarga transport kirishini ta’minlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda «Turon – Qipchoq» yer usti metro yo‘nalishi 3 oy muddatga yopilishi haqida yozgandi. Ta’mirlash ishlari metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida olib borilmoqda. Shu vaqt mobaynida «Turon – Qipchoq» bekatlari oralig‘ida metro harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, Toshkent metropolitenining TTZ massivigacha yangi yer usti liniyasi qurilishi joriy yilning 15-iyunida boshlanadi. Rejaga ko‘ra, qurilish ishlari 2026-yil oxirigacha yakunlanadi.

Shuningdek, Toshkentni Yangi Toshkent bilan bog‘laydigan yangi metro liniyasi qurilishi ham nazarda tutilgan. U «Do‘stlik» bekatidan boshlanadi.

Shuningdek