Islom To‘xtaxo‘jayev prezident sovg‘a qilgan BYD avtomobilini jamoadoshiga hadya qildi

11-iyun 2025 14:00 eʼlon qilindi

Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Muxbir a.ten@kursiv.media
Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Islom To‘xtaxo‘jayev prezident sovg‘a qilgan BYD avtomobilini jamoadoshiga hadya qildi / Foto: Championat.Asia

O‘zbekiston futbol terma jamoasi futbolchisi Islom To‘xtaxo‘jayev prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan sovg‘a qilingan BYD avtomobilini o‘z jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga berdi, deb yozmoqda ChampionatAsia.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Qatarga qarshi o‘yindan so‘ng prezident Mirziyoyev futbolchilar va murabbiylarga BYD avtomobillarini sovg‘a qilgan edi.

O‘zbekiston OAVlariga ko‘ra, Abduxoliqov mukofot olganlar ro‘yxatiga kiritilmagan. Shunga qaramay, u jahon chempionati–2026 saralashida terma jamoa safida to‘rt o‘yin o‘tkazgan va Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinda golli uzatma amalga oshirgan. To‘xtaxo‘jayev esa saralash bosqichida ikki o‘yinda maydonga tushgan.

Video ijtimoiy tarmoqdan olindi.

2024-yilning fevralidan buyon Bobur Abduxoliqov Ozarboyjonning «Sumgait» klubida to‘p suradi. U O‘zbekiston terma jamoasi safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.

Islom To‘xtaxo‘jayev esa O‘zbekiston terma jamoasi safida 78 ta o‘yin o‘tkazgan. 2025-yil iyun holatiga ko‘ra, u AGMK klubida o‘ynaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident milliy terma jamoa a’zolarini mukofotlagani haqida yozgandi.

Shuningdek