Mongoliyada ish haqi 800 dollardan boshlanadigan ish o‘rinlari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Avtomobil yo‘l qurilishi yo‘nalishida
Mongoliyada ish haqi 800 dollardan boshlanadigan ish o‘rinlari e’lon qilindi. Foto: depositphotos.com

Mongoliyaning KOO «RES» korxonasi tomonidan avtomobil yo‘l qurilishi yo‘nalishida ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Muhandislik va texnik xodimlar lavozimlariga maoshi $800–$1000 miqdorida bo‘lgan 36 ta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi.

Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar;
  • rus tilini muloqot darajasida bilish;
  • oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;
  • kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
  • sudlanmagan bo‘lish;
  • O‘zbekistondan chiqishga taqiqi bo‘lmasligi;
  • 6 oylik sinov muddati (ish haqi saqlangan holda).

Nomzodlarga aviachiptalar, viza xarajatlari, ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma, yotoqxona, kuniga uch mahal ovqat kabi imtiyozlar taqdim etiladi.

Agentlik xizmati uchun to‘lov miqdori 10 baravar bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 3 mln 750 ming so‘m.

Ro‘yxatdan o‘tish va anketani to‘ldirish uchun ushbu xorijdaish.uz havola orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Avvalroq «Kursiv» nashri Rossiya o‘zbekistonliklar uchun 38 mingta ish o‘rni taklif qilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek