OpenAI Google bulutli xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

OpenAI o‘zining hisoblash quvvatini oshirish uchun Google bulutli xizmatlaridan foydalanishga kelishib oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Bu qaror OpenAI va Microsoft o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikdan chiqib, resurslarni diversifikatsiya qilish istagini ko‘rsatmoqda.
Google esa bu orqali o‘zining Tensor chiplarini kengaytirib, yirik mijozlar ro‘yxatiga OpenAI’ni ham qo‘shdi. Har ikki texnogigant AI sohasida kuchli raqobatchi bo‘lsa-da, bu hamkorlik ulkan hisoblash quvvatiga bo‘lgan ehtiyoj sabab yuzaga kelgan.
Kelishuv sun’iy intellekt bozoridagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirishi va Google Cloud xizmatlarining o‘sishiga turtki bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ChatGPT’ning ommalashuvi Google qidiruv tizimiga jiddiy raqobat bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT’ning «premium» funksiyalaridan biri endi bepul bo‘lgani haqida yozgan edik.