
JCH 3-saralash bosqichi 9-turidan o’rin olgan BAA – O’zbekiston uchrashuvida ko‘pchilikni diqqatini tortgan «Katta do‘ppi» sotuvga chiqdi. Onlayn auksion ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida Abror Zohidov Telegram kanalida o‘tkazilmoqda. Hozirgi paytda taklif qilinayotgan narx $1500ni tashkil qiladi.
Do‘ppining egasi – andijonlik futbol muxlisi, Andijon fan-klubi yetakchisi Nodirbek To‘ychiyev uni «Sen kuchlisan» xayriya jamoasiga tuhfa etgan.
Bu do‘ppi jahonning turli burchaklarida o‘zbek sporti va futboliga hamrohlik qilgan, ko‘plab g‘alabalarga guvoh bo‘lgan.
Kimoshdi savdosidan tushgan mablag‘ oqqon kasaliga chalingan bolalarga sarflanishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Islom To‘xtaxo‘jayev prezident sovg‘a qilgan BYD avtomobilini jamoadoshiga hadya qilgani haqida yozgandi.