Lifestyle

O‘zbek futbolining «Katta do‘ppi»si onlayn auksionga qo‘yildi

Taklif qilinayotgan narx $1500ni tashkil qilmoqda
O‘zbek futbolining mashhur do‘ppisi onlayn auksionga qo‘yildi. Foto: Adolat SDP

JCH 3-saralash bosqichi 9-turidan o’rin olgan BAA – O’zbekiston uchrashuvida ko‘pchilikni diqqatini tortgan «Katta do‘ppi» sotuvga chiqdi. Onlayn auksion ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida Abror Zohidov Telegram kanalida o‘tkazilmoqda. Hozirgi paytda taklif qilinayotgan narx $1500ni tashkil qiladi.

Do‘ppining egasi – andijonlik futbol muxlisi, Andijon fan-klubi yetakchisi Nodirbek To‘ychiyev uni «Sen kuchlisan» xayriya jamoasiga tuhfa etgan.

Bu do‘ppi jahonning turli burchaklarida o‘zbek sporti va futboliga hamrohlik qilgan, ko‘plab g‘alabalarga guvoh bo‘lgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/video_2025-06-11_13-42-04.mp4
Video ijtimoiy tarmoqdan olindi

Kimoshdi savdosidan tushgan mablag‘ oqqon kasaliga chalingan bolalarga sarflanishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Islom To‘xtaxo‘jayev prezident sovg‘a qilgan BYD avtomobilini jamoadoshiga hadya qilgani haqida yozgandi.