Lifestyle

O‘zbekiston futbolida tarixiy yutuq: prezident milliy terma jamoa a’zolarini mukofotladi

Futbol boʻyicha jahon chempionati 2026-yilning yozida AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida oʻtkaziladi
O‘zbekiston futbolida tarixiy yutuq: prezident milliy terma jamoa a’zolarini mukofotladi / Foto: President.uz

2025-yil 10-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev «Bunyodkor» stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasining muhim o‘yinini tomosha qildi va o‘yin so‘ngida jamoaning barcha a’zolarini tantanali ravishda taqdirladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

O‘yinni kuzatishda Shavkat Mirziyoyevga Bolgariya prezidenti Rumen Radev va Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso hamrohlik qildi.

Foto: President.uz

Uzoq kutilgan orzuning ro‘yobi xalqimizni quvontirdi. Oxirgi o‘yinda O‘zbekiston Qatarga qarshi 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Bungacha jamoamiz 18 ochko bilan mundial yo‘llanmasini muddatidan oldin kafolatlagan edi.

Foto: President.uz

Davlat rahbari 2026-yil AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan futbolchilar va murabbiylarni tabriklab, ularga faxriy unvonlar, orden-medallar hamda BYD avtomashinalari topshirdi.

Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz

O‘yin yakunida tashkil etilgan dronlar va mushaklar shousi futbol o‘yinini haqiqiy bayramga aylantirdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/img_2536.mp4
Video: Ijtimoiy tramoqdan
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/video_2025-06-11_07-36-50.mp4
Video: Ijtimoiy tramoqdan
Foto: President.uz

Endi esa oldinda yangi sinov – 2026-yilgi jahon chempionati. Milliy jamoamizga bu yirik musobaqada ham omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Qatar ustidan g‘alabali o‘yini haqida batafsil yozgan edik.