O‘zbekiston elchixonasi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yubordi

Tashqi ishlar vazirligida Rossiya tomoni bilan navbatdagi migratsiya masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik kotibi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur uchrashuvda Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan ayrim holatlarda ruxsatsiz tekshiruvlar, qo‘pol muomala va hurmatsizlik holatlari kuzatilayotgani tanqid ostiga olindi. O‘zbekiston bunday holatlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlikka zid ekanini ta’kidlab, ularning oldini olish uchun aniq chora-tadbirlar zarurligini bildirdi.
Moskva shahridagi elchixona orqali Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yuborilib, inson huquqlari buzilgan holatlarga izoh va huquqiy baho berish so‘raldi. Tashqi ishlar vazirligi bu masalani doimiy nazoratda ushlab turib, zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha choralar ko‘rishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq nega o‘zbek migrantlari Rossiyadan ketayotgani haqida yozgan edik.