O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro turnirda ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi

11-iyun 2025 15:08 eʼlon qilindi

(11-iyun 2025 23:07 yangilandi)
Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro turnirda ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Niderlandiyada o‘tkazilgan Eindhoven Cup xalqaro boks turniri yakunida O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar bokschisi ishtirok etdi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Turnirda Abdumalik Xalokov (60 kg) va To‘rabek Habibullayev (90 kg) final janglarida g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (70 kg) esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Abdumalik Xalokov musobaqaning «Eng yaxshi erkak bokschisi» deb e’tirof etildi.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonlik bokschilar Tailanddagi musobaqada birinchi o‘rinni egallagani haqida yozgandi. Unda qatnashgan o‘zbekistonlik sportchilar 16 ta medal bilan peshqadamga aylangandi.

Shuningdek