O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni bilan qo‘shma loyihalar portfeli 24 milliard dollarga yetdi

eʼlon qilindi
«Yashil» energetika sohasidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda
O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni bilan qo‘shma loyihalar portfeli 24 milliard dollarga yetdi / Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni bilan qo‘shma loyihalar portfeli $24 mlrdga yetdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Uchrashuvda «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan boshchiligidagi yirik kompaniyalar delegatsiyasi qatnashdi.

Saudiya Arabistonining kompaniyalari «Yashil» energetika sohasidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Toshkent viloyatida «yashil» vodorod ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Uchrashuvda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, axborot texnologiyalari, transport, kommunal xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri YTTBning O‘zbekistonga investitsiyalari 5,5 milliard yevrodan oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek