Rossiya o‘zbekistonliklar uchun 38 mingta ish o‘rni taklif qilmoqda

eʼlon qilindi
O‘zbekiston Rossiyaning 90 dan ortiq kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatgan
Rossiya o‘zbekistonliklar uchun 38 mingta ish o‘rni taklif qilmoqda. Foto: Violin / depositphotos.com

O‘zbekiston mehnat bozori uchun Rossiya korxonalari 38 mingta bo‘sh ish o‘rni taklif qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligining sudgacha va sud tartibida nizolarni hal etish bo‘limi boshlig‘i Islomjon Hamroyev ma’lum qildi.

Mutaxassisning aytishicha, O‘zbekiston ishga joylashtirish yo‘nalishida Rossiyaning 90 dan ortiq kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatgan.

Ular orasida «AvtoVAZ», «Sibstroymontaj», «Kurganstalmast», «Spetsstroy-Volga», AZL, «Fosfat» va boshqalar bor.

Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlari eng ko‘p qurilish, qishloq xo‘jaligi, neft-gaz va energetika sanoatida faoliyat yuritmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonning qurilish sohasida ish haqi oshgani tufayli Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonlik migrantlar oqimi kamaygani haqida xabar bergandi.

Shuningdek