
Samsung Galaxy S25 Ultra kamerasi bilan bog‘liq muammo aniqlandi. Bu haqda foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilmoqda.
Samsung Galaxy S25 Ultra modelida kameraning metall halqasi o‘z-o‘zidan tushib ketgani aytilgan. U hech qanday urilish yoki shikastlarsiz shunchaki ajralib tushgan.
Avvalgi Galaxy S24 Ultra modelida halqalar yupqa va silliq edi. Yangi modelda esa ular qalinroq va g‘adir-budir shaklda.

Foydalanuvchi ta’kidlashicha, boshqa kameralar halqalari joyida turibdi.

Ma’lumot uchun, Galaxy S25 Ultra 6,9 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. Uning yorqinligi yuqori va ekrani har qanday yorug‘likda aniq ko‘rinadi. Qurilmada Snapdragon 8 Elite chipi, 12 yoki 16 GB tezkor xotira va 1 TB gacha ichki xotira mavjud.
Asosiy kamera 200 megapiksel bo‘lib, unga qo‘shimcha ravishda 3 ta boshqa linza mavjud: keng burchakli, telefotoli va selfi kamera. ProVisual Engine texnologiyasi fotosuratlarda rang va detallarni yanada aniqroq qiladi.

Smartfon 5000 mA/soat quvvatga ega bo‘lib, tez zaryadlash va simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Uning korpusi titan materialidan tayyorlangan va suv, changdan himoyalangan (IP68). S Pen ham o‘rnatilgan. Galaxy SI funksiyasi yordamida matn tarjima qilish, matn yozishda yordam olish, suratlarni yaxshilash va hatto video audiolarni aniqlashtirish imkoniyatlari taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Samsung yangi bukiluvchi smartfonini e’lon qilgani haqida yozgan edi.