Gadjetlar

Samsung yangi bukiluvchi smartfonini e’lon qildi

U juda yupqa dizaynga ega
Samsung yangi bukiluvchi smartfonini e’lon qildi / Rasm Sora SI yordamida sayqallangan

Samsung kompaniyasi yangi bukiluvchi smartfonini e’lon qildi. Bu haqda ishlab chiqaruvchining o‘zi ma’lum qildi.

Samsung Galaxy Z Fold7 nomi bilan chiqqan model juda yupqa dizaynga ega. Kompaniya uni «eng yupqa, eng yengil va eng mukammal bukiluvchi model» deb atadi.

«Bu yil bu yo‘ldagi ishlarimiz yangi bosqichga chiqdi. Yangi Galaxy Z seriyasi puxta o‘ylangan va mustahkam qurilgan», – deya ta’kidladi Samsung.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/samsung-mobile-galaxy-z-series-z-fold-thin-light-built-to-last-ultra-experience_main1.mp4
Video: Samsung

Texnik tafsilotlar hali rasman ochiqlanmadi. Ammo u Android 16 va One UI 8.0 tizimida ishlashi ma’lum. Ichki ekrani 8,2 dyuym, tashqi ekrani esa 6,5 dyuym bo‘ladi.

Smartfon Snapdragon 8 Elite chipi asosida ishlaydi. Akkumulyatori 4400 mA/soat, asosiy kamerasi esa 200, 10 va 12 megapikselli bo‘ladi.

Galaxy Z Fold7 va Galaxy Z Flip7 smartfonlari iyul o‘rtalarida taqdim etilishi kutilmoqda.

Avvalroq Samsung Galaxy S26 Ultra qanday akkumulyator bilan chiqishi ma’lum qilingani haqida yozgan edik.