Toshkentdan Issiq-ko‘lga avtobus qatnovlari boshlandi

eʼlon qilindi
Narxi 300 ming so‘mni tashkil qiladi
Toshkentdan Issiq-ko‘lga avtobus qatnovlari boshlandi / Foto: Jet

11-iyundan boshlab Toshkentdan Issiq-ko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Uzautotrans Service» korxonasi tomonidan tashkil etilgan qatnovlar har kuni Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi.

Avtobus har kuni soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan yo‘lga chiqadi. Yo‘lovchilar 300 ming so‘m evaziga Cho‘lpon-otagacha yetib borishlari mumkin.

Chipta xaridi uchun avtoticket.uz sayti hamda ATTO va UzBus mobil ilovalaridan foydalanish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Toshkent aeroporti aviahabga aylantirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek