
2025-yilgi bozorda kuchli va zamonaviy flagmanlar juda ko‘p. Shuning uchun to‘g‘ri tanlov qilish biroz qiyin. Sotib olishga arziydigan beshta eng yaxshi Android smartfon bilan ushbu materialda tanishing.

Bu model kuchli protsessor va yorqin ekran bilan ajralib turadi. Unda 6,82 dyuymli AMOLED ekrani bor, tasviri tiniq va ranglari boy. Snapdragon 8 Elite chipi bilan eng og‘ir o‘yinlarni ham bemalol ko‘taradi. Kameralari 50 MPli uchta asosiy modul va 32 MPli selfi kameradan iborat. 6000 mA/soat akkumulyatori 100 Vt quvvat bilan 36 daqiqada to‘liq zaryadlanadi. Himoya darajasi IP69, NFC, stereodinamika va simsiz zaryadlashga ham ega.

Samsung’ning yangi flagmani titandan tayyorlangan. Ekrani 6,9 dyuymli AMOLED va 2K aniqlikda, yorqinligi esa 2600 nit. Snapdragon 8 Elite for Galaxy chipi tezkor ishlaydi. Kameralari 200 + 50 + 50 + 10 MP, 5x zum va keng burchakli linzalar mavjud. S-Pen ruchkasi, 5000 mA/soat batareya va IP68 himoyasi mavjud. Simsiz zaryad, NFC va stereodinamika ham bor.

Bu model o‘z narxiga nisbatan juda yaxshi imkoniyatlarga ega. 6,8 dyuymli OLED ekrani 120 Gts yangilanish tezligiga ega. Snapdragon 8 Elite chipi bilan og‘ir vazifalarni ham tez bajara oladi. Kameralari 50 + 200 + 50 MP bo‘lib, ajoyib suratga oladi. 5850 mA/soat akkumulyatori 100 Vt zaryad bilan 33 daqiqada to‘ladi. IP69 himoyasi, NFC, va 80 Vt simsiz zaryadlash mavjud.

Pixel 9 Pro XL oddiy va toza Android interfeysini yaxshi ko‘ruvchilar uchun mo‘ljallangan. Ekrani 6,8 dyuymli OLED, 2K aniqlikda va 3000 nit yorqinlikda ishlaydi. Google Tensor G4 chipi va 5060 mA/soat batareyaga ega. Kameralari 50 + 48 + 48 MP bo‘lib, ayniqsa tungi suratga olishda kuchli. Selifi uchun 42 MP kamera mavjud. IP68 himoyasi, 7 yil yangilanish kafolati va simsiz zaryad bor.

Bu model suratga olishga katta e’tibor bergan. Ekrani 6,73 dyuymli AMOLED, 2K aniqlik va 3200 nit yorqinlikka ega. Snapdragon 8 Elite chipi va tezkor UFS 4.1 xotira bilan ishlaydi. Kameralari 50 + 50 + 200 + 50 MP bo‘lib, ajoyib sifatda suratga oladi. 5410 mA/soat batareyasi 90 Vt zaryad bilan qisqa vaqtda to‘ladi. NFC, IP himoya va kuchli dizayn ham mavjud.
Avvalroq Samsung Galaxy S25 Ultra kamerasi bilan bog‘liq muammo aniqlangani haqida yozgan edi.