
Xitoyda avtomobil ishlab chiqaruvchilari yetkazib beruvchi firmalar uchun to‘lov muddatlarini qisqartirganini aytmoqda. BYD, Geely, Changan va boshqa yirik avtomobil kompaniyalari rasmiy bayonotlar berdi. Bu haqda CarNewsChina texnologiyalar nashri xabar bermoqda.
Ular kichik va o‘rta korxonalarga to‘lovlarni 60 kun ichida amalga oshirishga va’da berdi. Bu Xitoyda 2025-yil 1-iyundan kuchga kirgan korxonalarga to‘lovlarni qaytarish talablariga javoban qilindi.

Avval BYD va Geely singari kompaniyalar o‘rtacha 127 kun ichida to‘lov qilgan. SAIC, Great Wall, Seres va Li Auto esa 160 kun, Changan esa 200 kundan ko‘proq muddatda amalga oshirgan .
GAC, FAW, Dongfeng, Seres, Geely va Changan kompaniyalari 10-iyunda bayonot berdi. BYD esa 11-iyun tongida rasmiy munosabat bildirdi. Yangi elektromobil ishlab chiqaruvchilar orasida birinchi bo‘lib Xpeng o‘z pozitsiyasini e’lon qildi.

Shu bilan birga, avtomobil sanoatida narx siyosati va hamkorlik shartlarini tartibga solish bo‘yicha hukumat bosimi ortmoqda.
Yangi tartibga ko‘ra, yirik korxonalar firmalarga 30 kun ichida to‘lov qilishi shart. Faqat shartnoma bo‘yicha 60 kungacha kechiktirishga ruxsat beriladi. To‘lovlarni keraksiz kechiktirish va pul o‘rniga boshqa vositalarni majburlab berish qat’iyan taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan BYD Xia miniveni endi M9 nomi bilan sotilishi haqida yozgan edi.
BYD o‘tgan yili bu davlatda 40 ming dona avtomobil sotgan edi. Joriy yilda esa 80 ming dona sotishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq BYD g‘ayrioddiy dizayndagi elektromobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.