Xorazmda 143,4 million so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi fosh etildi

Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqaro tomonidan fuqaroga 3 100 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotayotgan vaqtda ushlangan.
Tergov davomida umumiy bahosi 143,4 mln so‘mlik, jami 6 520 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq departament AQSh va Yaponiyaga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlagan edi.