YTTB o‘tgan yilda O‘zbekistonga $1 mlrdga yaqin investitisiya kiritdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«Veon» kompaniyasi sun’iy intellektga asoslangan «mobil super-ilova»ni yaratish bo‘yicha loyihalarni boshladi
YTTB o‘tgan yilda O‘zbekistonga $1 mlrdga yaqin investitisiya kiritdi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) o‘tgan yili O‘zbekistonga rekord miqdorda – $1 mlrdga yaqin investitsiya kiritdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengashi majlisidagi nutqida qayd etildi.

O‘zbekistonda Acwa Power, Masdar, Linde, Shanghai Environment, Total Energies singari yetakchi kompaniyalar $8 mlrddan ziyod investitsiya kiritib, «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.

«Raqamli texnologiyalar sohasida ham dunyo tan olgan nufuzli kompaniyalar yurtimizga jadal kirib kelmoqda. Ayniqsa, DataVolt kompaniyasi mintaqadagi eng yirik «yashil data markaz»ni, Veon kompaniyasi sun’iy intellektga asoslangan «mobil super-ilova»ni yaratish bo‘yicha loyihalarni boshlagani bizni juda quvontiradi», – deya qayd etdi Mirziyoyev.

Shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Ernst & Young,  Dentons, Knauf, TBC kabi kompaniyalar milliy qonunchilikni xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish bo‘yicha qator takliflar bergani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri YTTBning O‘zbekistonga investitsiyalari 5,5 milliard yevrodan oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek