YTTBning O‘zbekistonga investitsiyalari 5,5 milliard yevrodan oshdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB)ning O‘zbekistonga investitsiyalari $5,5 mlrd yevrodan oshdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning 11-iyun kuni bank prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvida qayd etildi.
Uchrashuvda YTTB bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bu yil $1,1 mlrd yevro jalb etilishi rejalashtirilgani ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev hamkorlik ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tdi. Jumladan, suv ta’minotini modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish, ipoteka bozorini rivojlantirish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kabilar shular jumlasidan.
Ta’lim va tibbiyotda davlat-xususiy sheriklik loyihalari, sun’iy intellekt va raqamli startaplarga e’tibor qaratish muhimligi alohida ta’kidlandi. Yig‘ilishda Investorlar kengashining kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2026-yilda «Yashil» energetikaga $4 mlrd investitsiya jalb qilinishi haqida yozgan edi.