
Xiaomi Mijia 271L Three-Door Refrigerator modelini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Bu muzlatkich ixchamlik, katta sig‘im va aqlli funksiyalarni o‘zida birlashtirgan.
Asosiy xususiyatlar:
- Hajm – 271 litr, joy egallashi esa atigi 0,33 m² (kenglik 56 sm, chuqurlik 60 sm)
- 3 ta zona:
- Sovutish kamerasi – 151 l
- Muzlatish kamerasi – 85 l
- Harorat sozlanadigan zona – 35 l (-20°C dan +5°C gacha, 1°C qadam bilan)
Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan:
- Antibakterial va dezodoratsiya moduli
- 360° havo aylanish tizimi – muz hosil bo‘lmasligi kafolatlanadi
- Invertorli kompressor va ventilyator
- 5 ta harorat sensori bilan aniq boshqaruv
Shovqin darajasi – atigi 36 dB, energiya sarfi – kuniga 0.59 kVt/soat. Bu Xitoydagi eng yuqori energiya samaradorligi sinfiga mos keladi.
Aqlli boshqaruv:
- Xiaomi HyperOS tizimi bilan ishlaydi
- Mijia ilovasi orqali masofaviy boshqaruv
- Xiao Ai ovozli yordamchisi orqali ovozli boshqaruv imkoniyati
Narxi – atigi $222. Bu kabi imkoniyatlarga ega muzlatgich uchun juda arzon narx hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 9 000 mA/soatli akkumulyatorga ega arzon Redmi Pad 2 planshetini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.