Android foydalanuvchilari nega iOS’ga o‘tishni istamasligi aniqlandi

12-iyun 2025 15:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Android foydalanuvchilari nega iOS’ga o‘tishni istamasligi aniqlandi / Foto: Lifehacker

Android foydalanuvchilarining ko‘p qismi iOS’ga o‘tishni xohlamaydi. Android Authority nashri o‘tkazgan so‘rov natijalari ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Lifehacker nashri.

So‘rovda 13 ming kishi qatnashgan. Ularning faqat 15 foizi kelajakda iOS’ga o‘tishni o‘ylab ko‘rishini aytgan. Yana 5 foizi allaqachon iPhone foydalanuvchisiga aylangan. Biroq eng ko‘p javob berganlar, deyarli 80 foiz Android’da qolishni tanlagan.

Ularning fikricha, Android tizimi ancha moslashuvchan va erkin. Foydalanuvchilar fayllarni erkin boshqarish, ilovalarni qulay tartibga solish, o‘ziga xos sozlashlar kiritish imkoniyatlarini iOS’da topa olmaydi.

Texnik bilimga ega foydalanuvchilar iOS’dan norozi. Ular Android’da torrent dasturlari, boshqa brauzerlar va tarmoq analizatorlarini ishlata olishadi. Bu esa ular uchun muhim.

Shuning uchun Android foydalanuvchilari iPhone’ga o‘tishni o‘zlariga mos deb hisoblashmayapti.

Foto: Android Autority

Ma’lumot o‘rnida, iOS – bu Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan mobil operatsion tizim. U asosan iPhone, iPad va iPod touch qurilmalarida ishlaydi. iOS o‘zining soddaligi, xavfsizligi va barqarorligi bilan mashhur.

Bu tizim yopiq ekotizimda ishlaydi, ya’ni foydalanuvchi faqat Apple tomonidan ruxsat etilgan ilovalarni yuklab olishi mumkin. Bu esa xavfli dasturlardan himoyalanish imkonini beradi. iOS dizayni oddiy va tushunarli bo‘lib, yangi foydalanuvchilar uchun tez o‘rganiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri iOS 26 Liquid Glass dizayni va sun’iy intellekt yangiliklari bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek