Bolalar mehnatiga qarshi kurashda O‘zbekiston tajribasi model sifatida e’tirof etildi

eʼlon qilindi
Dunyoning 187 mamlakati ichida
Bolalar mehnatiga qarshi kurashda O‘zbekiston tajribasi. Foto: senat.uz

Bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi model sifatida e’tirof etildi. Bu haqda Yuqori palata matbuot xizmati xabar qildi.

Bugun, 12-iyun kuni Jeneva shahrida Xalqaro mehnat konferensiyasining 113-sessiyasi doirasida Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan maxsus tadbir tashkil etildi.

Dunyoning 187 mamlakatidan kelgan ishtirokchilar qatnashgan ushbu anjumanda O‘zbekiston tomonidan bolalar mehnati va majburiy mehnatni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan tizimli chora-tadbirlar ilgari surildi va ilg‘or tajriba sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning bolalar mehnatini yo‘q qilish borasida ko‘rilgan qat’iy choralar, xalqaro normalar asosida qonunchilikni yangilash va huquqiy javobgarlikni kuchaytirish borasidagi ishlari haqida ma’lumot berildi.

Konferensiya ishtirokchilari mamlakatda bolalar mehnatini cheklash yo‘lida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, bu tajribaning boshqa davlatlar uchun ham amaliy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda 20 ta ustuvor reytingdan 10 tasida O‘zbekiston ko‘rsatkichlari yaxshilangani, 2 tasida o‘zgarmagani, 2 tasining esa natijalari e’lon qilinmagani haqida yozgandi.

Shuningdek