Disney Midjourney’ni sudga berdi

12-iyun 2025 11:25 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Disney Midjourney’ni sudga berdi / Foto: Kin Li / Unsplash

Disney va Universal kinokompaniyalari sun’iy intellekt asosida ishlovchi Midjourney neyrotarmog‘i ishlab chiquvchilarini mualliflik huquqlarini buzishda ayblab, ularga qarshi da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Da’vogarlarning fikriga ko‘ra, neyrotarmoq algoritmlarini o‘rgatish jarayonida ishlab chiquvchilar kinokompaniyalar rassomlari yaratgan asarlardan, filmlar va multfilmlardan olingan kadrlaridan foydalangan. Mazkur materiallar mualliflik huquqi bilan himoyalangan bo‘lib, Midjourney bu tasvirlardan foydalanish uchun ruxsat olmagan.

Natijada neyrotarmoq Shrek, Dart Veyder, Minyonlar va boshqa mashhur Disney hamda Universal qahramonlari tasvirlarini generatsiya qilishni o‘rgangan.

Kinokompaniyalar bunday harakatlarni «raqamli piratlik» deb atadi. Disney kompaniyasi sun’iy intellekt texnologiyalari istiqbollarini ijobiy baholashini bildirgan bo‘lsa-da, ularning mas’uliyatli va qonuniy ishlatilishi zarurligini ta’kidladi.

Da’vo arizasini kiritish sababi sifatida kompaniya rassomlar mehnati va o‘z investitsiyalarini himoya qilish istagini ko‘rsatdi. Avvalroq Disney va Universal Midjourney bilan muammolarni sudsiz hal qilishga harakat qilgan, biroq kompaniya bu murojaatlarga javob bermagan.

Ma’lumot o‘rnida, Midjourney kompaniyasi sun’iy intellekt asosida ishlaydigan rasm chizuvchi neyrotarmoq. Bu xizmat Discord platformasi orqali ishlaydi. Foydalanuvchi maxsus buyruqlar yordamida o‘z istagidagi sahnani yoki obrazni tasvirlaydi. Midjourney uni sun’iy intellekt yordamida rasmga aylantiradi.

Kursiv Uzbekistan nashri Apple kompaniyasi Britaniya hukumatini oʻz foydalanuvchilari uchun shifrlashni oʻchirib qoʻyish talabi tufayli sudga bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek